Hukumat davlat organlarining ma’lumotlar bazalariga kirishni ochdi. Tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni «Elektron hukumat» loyihalarini boshqarish markazi orqali pullik asosda olishlari mumkin.
«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.
Poytaxtda elektr energiyasini hisobga olish tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash markazi ochildi. Uning vazifasi — ko‘p tarifli abonentlar hisobini yuritish, qarzdor iste’molchilarni tarmoqdan avtomat ravishda uzish va ularni takror ulash kabilardan iborat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting